Mobil ilovalar, veb-saytlar, Telegram botlar va AI agentlar quraman. Motion va rasm dizayni bilan ham shug'ullanaman.
Ism ustiga kursorni olib boring
( Men kimman )
2024-yildan beri dasturlayman: Flutter ilovalar, veb-saytlar,Telegram botlar va AI agentlar. Dizaynni ham o'zim chizaman — motionva rasm dizayni. Ingliz tilidan B2.
24
ta loyiha: mobil, veb, botlar, modlar
2+
yil dasturlash tajribasi (2024-yildan)
B2
ingliz tili, CEFR bo'yicha rasmiy sertifikat
Tanlangan ishlar
Mening Mahallam
O'zbek mahallalari uchun raqamli qo'shnichilik: e'lonlar, murojaatlar, qo'shnilar va mahalla xaritasi bitta Flutter ilovasida.
Mobil · Flutter · Dart · Firebase
MyHarvardPath
Toshkentdan Garvardgacha: FLEX dasturi, Harvard qabul talablari, ingliz tili tayyorgarligi va intervyu bo'yicha maslahatlar — maktab o'quvchilari uchun.
Veb · HTML · JavaScript · Cloudflare Pages
MIYA
Muammoni ko'r, g'oya ber, yechim top, amalga oshir. Real muammolarni g'oyalarga, g'oyalarni jamoalarga bog'laydigan platforma.
Veb · Next.js · React · TypeScript
harvard-path-agent
@MyHarvardPath kanali uchun shaxsiy AI agent: Telegramda oddiy tilda yozasiz, u kanal ohangida post tayyorlaydi va faqat siz tasdiqlagandan keyin joylaydi.
AI va botlar · TypeScript · Cloudflare Workers · Gemini API
Ilyos AI
Gemini asosidagi Windows desktop chat: matnli va ovozli suhbat (nutqdan matnga va matndan nutqqa), qorong'i interfeys.
AI va botlar · Python · PyQt6 · Gemini API
Chin Hayot
RLCraft uslubidagi realistik boshlang'ich progressiya: yalang qo'l bilan daraxt kesib bo'lmaydi, avval chaqmoqtoshdan asbob yasash kerak. Minecraft 1.21.8 + Forge.
Minecraft modlari · Java · Forge
Case: Mening Mahallam — 01 / 05
Bosh sahifa
Mahalla xodimlari, e'lonlar karuseli va mahalla xaritasi — kundalik kerakli hamma narsa bitta ekranda.
E'lonlar
Mahalla rahbariyati va qo'shnilar e'lon joylashtiradi, muhim xabarlar pin qilinadi. Kategoriya bo'yicha saralanadi, tadbirlar alohida yorliqda.
Murojaatlar
Muammo yoki yordam so'rovi — Yangi, Jarayonda, Yakunlandi holatlari bilan. Ommaviy yoki maxfiy bo'lishi mumkin.
Qo'shnilar
Mahalladagi odamlar ro'yxati: ism bo'yicha qidirish, onlayn holati va bitta bosishda qo'ng'iroq.
Xarita
Mahalla chegarasi sun'iy yo'ldosh xaritasida. Murojaatlar rang bilan belgilanadi — yangi, jarayonda, yakunlangan.
So'nggi faoliyat
Ro'yxat GitHub'dan real vaqtda olinadi.




