Mobil
Mening Mahallam
O'zbek mahallalari uchun raqamli qo'shnichilik: e'lonlar, murojaatlar, qo'shnilar va mahalla xaritasi bitta Flutter ilovasida.
Mobil ilovalar, veb-saytlar, botlar va AI — o'zim qurgan hamma narsa.
Mobil
O'zbek mahallalari uchun raqamli qo'shnichilik: e'lonlar, murojaatlar, qo'shnilar va mahalla xaritasi bitta Flutter ilovasida.
Veb
Toshkentdan Garvardgacha: FLEX dasturi, Harvard qabul talablari, ingliz tili tayyorgarligi va intervyu bo'yicha maslahatlar — maktab o'quvchilari uchun.
Veb
Muammoni ko'r, g'oya ber, yechim top, amalga oshir. Real muammolarni g'oyalarga, g'oyalarni jamoalarga bog'laydigan platforma.
AI va botlar
@MyHarvardPath kanali uchun shaxsiy AI agent: Telegramda oddiy tilda yozasiz, u kanal ohangida post tayyorlaydi va faqat siz tasdiqlagandan keyin joylaydi.
AI va botlar
Gemini asosidagi Windows desktop chat: matnli va ovozli suhbat (nutqdan matnga va matndan nutqqa), qorong'i interfeys.
Minecraft modlari
RLCraft uslubidagi realistik boshlang'ich progressiya: yalang qo'l bilan daraxt kesib bo'lmaydi, avval chaqmoqtoshdan asbob yasash kerak. Minecraft 1.21.8 + Forge.
Veb
O'zbekiston yoshlari uchun raqamli uy — loyiha poydevori, autentifikatsiya va ma'lumotlar bazasi sozlangan; mahsulot rejasi alohida hujjatlashtirilgan.
Motion
Yoshlar Base uchun kod bilan yaratilgan taqdimot videosi — vertikal (9:16) va gorizontal (16:9) variantlarda.
Veb
O'quv markazi uchun ommaviy marketing sayti va CRM: admin hamda o'qituvchi panellari, ariza qabul qilish.
Veb
15–17 yoshli o'quvchilar uchun FLEX ariza jarayonini mashq qilish sayti: ko'p bosqichli forma, grammatika testi, lug'at va Gemini bilan insho baholash.
Veb
9-sinf o'quvchilari uchun ko'p fanli tayyorgarlik platformasi, daftar ko'rinishidagi dizaynda. Matematika (algebra va geometriya) to'liq ishlaydi.
Veb
Sinf uchun ingliz tili o'yinlari to'plami: hangman, jeopardy, memory, quiz, odd-one-out va boshqalar.
Veb
Speaking club uchun veb-sayt: qo'shilish sahifasi va umumiy doska, ma'lumotlar Supabase'da.
Veb
Iqtisod guruhi uchun haftalik dars jadvali, qog'oz kundalik ko'rinishida.
Veb
Hujjatlar bilan ishlash uchun brauzerda ishlaydigan vositalar to'plami.
Veb
Psixologik qiziqish o'yini: sizni ogohlantirishdi.
AI va botlar
Kanalga har kuni uchta avtomatik post: qiziqarli fakt (09:00), viktorina (14:00) va top universitetlarga ariza haqida post (20:00). Matnlarni har safar Gemini yangidan yozadi.
AI va botlar
Shaxsiy blog kanali uchun «qoralama va tasdiq» boti: yuborgan matn, rasm yoki videongizni ko'rib chiqib, tasdiqlagandan keyin joylaydi. «Tuzat» tugmasi matnni Gemini bilan ravonlashtiradi.
AI va botlar
Kanal uchun kontent yaratish, so'rovnoma va viktorina tayyorlash hamda jadval bo'yicha joylash boti.
AI va botlar
@RizqullohEnglish kanali uchun Telegram bot: ma'lumotlar bazasi, media saqlash va rejalashtirilgan vazifalar bilan.
Minecraft modlari
Do'st bilan ikki kishilik o'yin uchun Minecraft 1.21.8 / Forge modi: birga o'ynashni qulayroq va kulgiliroq qiladi, har bir qismi configda alohida yoqiladi.
Minecraft modlari
Minecraft uchun Java va Gradle asosidagi mod.
Mobil
Flutter'da yozilgan o'yin ilovasi.
Mobil
Flutter'da yozilgan mobil ilova.
Case-study · PRJ.01
O'zbek mahallalari uchun raqamli qo'shnichilik
2025 — hozir
Faol rivojlanmoqda
Flutter ustida qurilgan mobil ilova — mahalla e'lonlari, muhokamalar, navbatchilik va yordam so'rovlarini bitta joyga jamlaydi. Firestore real-time sync bilan offline-first ishlaydi.
<2s
Offline sync
3
Faol test-mahallalar
4
Asosiy modul
Muammo
Mahalla hayoti hali ham qog'oz e'lonlar va og'izdan-og'izga tarqaladigan xabarlarga tayanadi. Internet doim barqaror bo'lmagan hududlarda odatdagi ilovalar ishlamay qoladi — shu bo'shliqni to'ldirish uchun ilovani offline-first qilib loyihaladim.
Imkoniyatlar
Mahalla rahbariyati va qo'shnilar e'lon joylashtiradi, muhim xabarlar pin qilinadi.
Har bir e'lon ostida threaded izohlar — real-time yangilanadi, offline'da qoralama saqlanadi.
Qo'shnidan yordam so'rash — kategoriya, masofa va shoshilinchlik darajasi bo'yicha saralanadi.
Mahalla postlari va yig'in navbatchiligi — avtomatik eslatma bilan.
Texnik qiyinchiliklar
Firestore local cache + custom conflict-resolution qatlami, internet qaytganda avtomatik sinxronlash.
Parolsiz kirish — telefon raqami eng tabiiy identifikator bo'lgani uchun ishonch chegarasini pasaytiradi.
Sekin tarmoqlarda ham tez yuklanishi uchun client-side compression pipeline.