Mahalla ilovasini loyihalashda birinchi savol — offline-first bo’ladimi yoki yo’qmi — edi. Ko’p foydalanuvchi internet uzilib qoladigan hududlarda yashaydi, shu sabab local cache va sync strategiyasi boshidanoq muhim edi.

Nega Firebase

Firestore’ning real-time listener’lari mahalla e’lonlari va muhokamalar uchun juda mos keldi. Auth qismida telefon raqami orqali OTP eng tabiiy yechim bo’ldi.

Keyingi qadamlar

Push-notification’larni mahalla darajasida segmentatsiya qilish va rasm yuklashni siqish ustida ishlayapman.